Tergov departamentida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti
2020 yilning 21 noyabr kuni soat 11:00 da, IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼulligida “Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha hodisa joyini ko‘zdan kechirish hamda hodisa joyi chizmasini rasmiylashtirish tartibi, bu turdagi jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, tayinlanadigan ekspertiza turlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalarning sabablari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarga barcha hududiy tergov bo‘linmalari xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etdi.
Seminarda, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi ekspertlari E.Xushvatov va Z.Sharipovlar mavzu yuzasidan mutaxassis sifatida ishtirok etishdi.
O‘quv mashug‘lotini vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I.Fayzullayev ochib berganidan so‘ng Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi mayor G‘oyibqulov Obidjon Orolovich so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan tayyorlangan slayd va videoroliklardan foydalangan holda mavzuni to‘la yoritib berdi.
Mavzu yuzasidan hududiy studiyalardan qatnashgan tergov bo‘linmalari xodimlarining savollariga mayor O.G‘oyibqulov hamda ekspertlar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘quv mashg‘uloti qizg‘in, bahs munozaralarga boy, savol-javob shaklida o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti