O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida navbatdagi virtual qabul

2022-yil 9-sentyabr kuni vazir o‘rinbosari Ya.A. Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qiynab kelayotgan tergovga oid masalalar tinglandi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi noqonuniy ayblov eʼlon qilayotganlik masalasida, 3 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalalarini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga tushuntirish berildi.

Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etilib, 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaat ijroga qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech