O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida navbatdagi virtual qabulda murojaatlar hal etildi.

Joriy yilning 11 noyabr kuni Ichki ishlar varizi o‘rinbosari Ya.A. Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida, 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etadi.

Murojaatlarning 1 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi 2 tasi qo‘shimcha tekshiruv talab qilinganligi sababli ijroga qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech