O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida tergovchilarning malakasini oshirish davom etmoqda

Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarining malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yana-da oshirish maqsadida, joriy yilning 3 may kuni “Axborot texnologiya yo‘nalishida sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashtirilgan malakali tergovchilarni tayyorlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi farmoyishga asosan Tergov departamentida rejalashtirilgan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Unda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Transportda XTBB huzuridagi Tergov boshqarmalari va quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan jami 15 nafar xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv jarayonlari kunning birinchi yarmida nazariy (IIVning boshqa sohaviy xizmatlari, vazirlik va idoralar belgilangan xodimlar taklif etilib, umumiy tushunchalarni yetkazish va munozaralar tashkil etish), ikkinchi yarmida esa amaliy mashg‘ulotlar (Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlari yuzasidan tergov harakatlari olib borishni o‘rganish, ularda ishtirokini taʼminlash) tarzida tashkil etildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlarini yana-da qiziqarli va munozarali o‘tkazish maqsadida tergov xodimlarini belgilangan jadval asosida IIVning boshqa sohaviy xizmatlar hamda vazirlik va idoralar bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida, aynan ular joylashgan binolarga borilib, ish jarayonlari, shuningdek jinoyatlarni tergov qilishda mavjud imkoniyatlarini o‘rganib borish tashkil etildi.

Bundan tashqari, tergovchilarning maʼnaviy yetukligini taʼminlash, bilim saviyalarini oshirish, ularda vatanparvarlik, tinchlikning qadriga yetish kabi tuyg‘ularini yana-da kuchaytirish maqsadida IIV qoshidagi muzey, O‘zbekiston Respublikasi teleminorasi, Zangiota ziyoratgohi, O‘zbek Milliy akademik drama teatrlariga sayohatlar tashkil etildi.

Joriy yilning 8 may kuni o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanib, munosib ishtirok etgan tergov xodimlariga sertifikatlar topshirildi.

Muallif: Tergov departamenti

katta inspektor S.R.Sobirjanov

Text to speech