Tergov departamentida virtual qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 22 iyul kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qiynab kelayotgan tergovga oid masalalar tinglandi.
O‘tkazilgan qabulda jami 4 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi noqonuniy ayblov eʼlon qilayotganlik masalasida, 2 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasi hamda 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ular sinchkovlik bilan muhokama qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaatlari ijroga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti