Tergov departamentida virtual qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 19 may kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qiynab kelayotgan tergovga oid masalalar tinglandi.
O‘tkazilgan qabulda jami 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergovga qadar tekshiruvdan norozilik, 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ular sinchkovlik bilan muhokama qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, 1 tasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti