Tergov departamentida joriy yilning 10 oyida tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Kuni kecha, Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O. Jalolov raisligida tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish, sohaviy-mintaqaviy nazorat hamda tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish borasida hududiy tergov boshqarmalari tomonidan bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar hududlar kesimida tahlil etilib, muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyatlar tergov boshqarmalari boshliqlarining kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot va izohlari eshitildi.
Yig‘ilish davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zarur chora-tadbirlar belgilanib, ushbu yo‘nalishda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti