Tergovchi bo‘lish bu o‘z ustida doimiy ishlash degani
Joriy yilning 6 fevral kuni Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov bo‘linmalari xodimlarining jismoniy va kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Rejaga asosan xodimlardan, dastlab jismoniy mashqlarni bajarish bo‘yicha sinovlar qabul qilinib, ularning chiniqishi tekshiruvdan o‘tkazildi. So‘ngra, IIO xodimlariga qo‘yilayotgan talablardan biri, yaʼni ortiqcha vaznni oldini olish maqsadida, har bir tergovchi va surishtiruvchining vazni va bo‘yi tekshirilib, o‘rganildi.
Kunning ikkinchi yarimida xodimlarning bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida o‘quv o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv mashg‘ulotlariga sud va prokuratura idoralari, sud-tibbiy ekspertiza byurosi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ekspertlari hamda tegishli soha mutaxassislari jalb etildi.
O‘quv mashg‘uloti natijalari bo‘yicha test shakldagi sinovlar qabul qilinib, xar bir tergovchi va surishtiruvchi o‘zi uchun kun davomida olgan bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazdi.
Kun oxirida, Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan, bu kabi tadbirlar kelgusida muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti