O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchilar rag‘batlantirildi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish va qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari xodimlari ham samarali xizmat qilib kelmoqda.

Jumladan, tizimning barcha xizmatlari bilan birga tergov sohasi xodimlari ham xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, qonunbuzarlikka qarshi kurashish, jinoyatlarni tergov qilish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, qonuniy hal qilishda fidoyilik va kasb mahoratini namoyon etib kelmoqda. 

Kezi kelganda aytish joizki, xizmat davomida fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, “Sovid-19” kasalligini yuqtirgan xodimlar davolanib, yana xizmatni davom ettirmoqda. 

Yaqinda rahbariyat tashabbusi bilan jinoyatlarni tergov qilish va boshqa masalalarda fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib koronavirus infeksiyasiga chalingan bir guruh tergov xodimlariga sog‘ligini tiklashi uchun maxsus fonddan 20 nafar xodimlarga 1 million so‘m miqdorida moddiy yordam puli berildi va xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, qonunbuzarlikka qarshi kurashishda o‘zini namoyon etgan bir qator xodimlarga Tergov departamentining maxsus qo‘l soatlari va xizmatda maxsus foydalanish uchun noutbuklar topshirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech