O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchilar uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish boshlandi.

2021 yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, uning ko‘rinishlari bilan bog‘liq jinoyat ishlarini sifatli tergov qilishda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini sinchkovlik bilan to‘la, xolisona va har tomonlama olib borilishi yuzasidan ilmiy-amaliy yondashgan holda ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan malakali va tajribali tergov xodimlarini tayyorlash maqsadida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish boshlandi.

Ushbu nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 2021 yilning 15 mart kunidan 10 aprel kuniga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech