TERGOVCHILAR UCHUN SEMINAR O‘TKAZILDI
Xorazm viloyat sudi, viloyat IIB hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tergovchilar bilan “Dastlabki tergov organlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda viloyat sudi raisining jinoyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari U. Bakdurdiyev va viloyat sudi sudyasi O. Mahmudov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari A. Po‘latov va viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i M. Zaripovlar maʼruza qilib, joriy yilning o‘tgan 8 oyida dastlabki tergov organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar tahliliga to‘xtalishdi.
Muloqotlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi qonunlarni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish va tergov jarayonida fuqarolarning huquqlarini to‘liq taʼminlash masalalari muhokama qilinib, qatnashchilarning mavzu yuzasidan takliflari eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti