Tergovchilarning bilim malakasini oshirish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan haftaning shanba kunlari tergovchi va surishtiruvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2023-yilning 19-fevral kuni Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan videokonferensiya orqali hududiy tergov bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari bilan “Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilarga firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy omillar haqida tegishli tushunchalar berildi. Shu bilan birga jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli sudlar tomonidan firibgarlik jinoyatlarini tergov qilish davomida tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan chiqarilgan xususiy ajrimlar o‘qib eshittirildi va tergovchilar kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati