Tergovchilarning bilim saviyasi muntazam ravishda oshirib borilmoqda
Joriy yilning 2 iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videoselektor tarzida navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Xamrayev va taklif etilgan JIB Koson tuman sudi sudyasi G‘.Ostonov tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti