O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchilarning bilim saviyasi muntazam ravishda oshirib borilmoqda

Joriy yilning 16 iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videoselektor tarzida navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Hayot yoki sog‘lik uchun xavfli jinoyatlar turlari, ularning sog‘likka qarshi jinoyatlardan farqi va tergov qilish amaliyoti” mavzusi bo‘yicha Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Meyliyev va  taklif etilgan viloyat OITSga qarshi kurash markazi oliy malakali shifokori D.To‘raboyeva hamda Sud tibbiy ekspertizasi ilmiy amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i J.Badalov tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech