O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Termiz shahrida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 16 fevral kuni, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.Atanazarov hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurovlar ishtirokida Termiz Davlat universitetida “Talabalar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda talaba yoshlarga jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillar, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilib, hozirgi kunda talabalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan jinoyatlar va salbiy holatlar haqida hayotiy misollar keltirilib, talaba yoshlar o‘rtasida oqibati qonunbuzilish yoki huquqbuzarlik bilan yakun topadigan holatlarga guvoh bo‘lganlarida bir birlarini to‘g‘ri yo‘lga solishlari to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Text to speech