O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB tergovchilari joriy yilning 4 oylik ish faoliyatini sarhisob qilishdi

Kuni kecha bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Abdurazakov raisligida Tergov boshqarmasi apparati va hududiy bo‘linmalarining barcha tergov xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda, polkovnik A.Abdurazakov joriy yilning 4 oyi davomida Tergov boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida maʼruza qildi.

Shuningdek, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, faoliyat davomida qonunlarga qatʼiy hamda og‘ishmay amal qilishlari, tamagirlik va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmay, yangicha dunyoqarash bilan xalq xizmatida bo‘lishlari, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy tartibda ko‘rib chiqishlari talab etildi.

Yig‘ilish davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zarur chora-tadbirlar belgilanib, ushbu yo‘nalishda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech