O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan biri — aholi bilan ochiq va samarali muloqotni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mazkur yo‘nalishda ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqotni ta’minlash, aholi murojaatlari va ehtiyojlarini atroflicha o‘rganish, kelib tushgan ariza va takliflarni qonunchilik talablari asosida o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i Otabek Xadjayevning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Tadbir davomida Tergov boshqarmasi va quyi tizim tergov bo‘lim-bo‘linmalari faoliyatiga oid jami 22 ta murojaat qayd etildi. Murojaatlar asosan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv hamda tergov harakatlari bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oldi.

Kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan 16 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv, sohaviy organlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish talab etilganligi sababli, ular belgilangan tartibda nazoratga olindi va mas’ul shaxslarga ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Tergov departamenti

Text to speech