O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, o‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Joriy yilning 3-chorak yakunida barcha yo‘nalish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan Tergov jamoalari Tergov boshqarmasi nominatsiyasi va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish davomida barcha shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limlariga kompyuter jamlanmasi va printerlar, har bir tergovchi va surishtiruvchilarga esdalik uchun bloknotlar tarqatildi.

2023 yilning 9 oyi davomida ijobiy ko‘rsatgichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarning ota-onalari viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari bilan rag‘batlantirildi hamda Tergov sohasida uzoq yillar davomida xizmat qilgan xodimlar munosib ravishda nafaqaga kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech