Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari faoliyati sarhisob qilindi
Joriy yilning 25-yanvar kuni IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Hisobot yig‘ilishida IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Jalolov Baxtiyor Odilovich ham ishtirok etdi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tergovchilar hamda rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilishda 2023-yil “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligi alohida e’tirof etilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha tergov sifatini oshirish hamda qonuniy qarorlar qabul qilinishini ta’minlash, shuningdek, xodimlarni o‘qitish, bilim va malakasini oshirish va ijobiy natijalarga erishayotgan xodimlarni tizimli rag‘batlantirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirilishi ko‘rsatilib o‘tildi. Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.G.Xodjimatov IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda 2022 yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni takrorlamaslik borasida Tergov boshqarmasining kompleks chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilib ijroga qaratilganligi, kelgusida xar bir tergov xodimi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib, yuqori natijalarga erishishini ma’lum qildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti