Tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining Tergov xizmatlari bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan qisqa muddatli seminar-trening 1-o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Joriyning 26-30 sentyabr kunlari Ichki ishlar vazirining farmoyishi bilan tasdiqlangan reja-taqsimotiga ko‘ra tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining tergov yo‘nalishdagi o‘rinbosarlarining seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Seminar-trening mashg‘ulotlari ishtirokchilariga besh kun davomida Tergov departamentining malakali xodimlari, IIV Akademiyasi hamda Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Xadicha Sulaymonova” nomidagi respublika sud ekspertizasi markazining ish faoliyati hamda ular tomonidan o‘tkazilayotgan zamonaviy ekspertiza turlar hamda Angren shahar, Boʼstonliq tumani IIBlar va Turizmda xavfsizlikni taʼminlash boʼlinmasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Seminar-trening mashg‘ulotlari yakunida ishtirokchilarning bilimlari baholanib, sertifikatlar topshirildi.
Muallif: Tergov departamenti Kadrlar bo‘linmasi
muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
podpolkovnik S.R. Xudoyarov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti