O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tergov bo‘linmalari xodimlarining malakasi oshirildi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi mutaxassislari va Akademiya professor o‘qituvchilari ishtirokida ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari uchun “To‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida joriy yilining 10-14 fevral kunlari o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Dars mashg‘ulotiga Respublikaning barcha tergov bo‘linmalaridan sohaga maʼsul bo‘lgan xodimlar jalb etildi.

Tergovchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, muloqot davomida muammoli masalalar atroflicha muhokama qilinib, xorijiy mutaxassislarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

Dars mashg‘ulotlari davomida tergovchilar Turkiya Respublikasi tajribasi hamda halqaro amaliyotni o‘rganib, o‘zlarini bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirishdi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha kursalar muvaffaqiyatli yakunlaganligi to‘g‘risida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech