O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tergov bo‘linmalari xodimlarining malakasi oshirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi mutaxassislari Akademiya professor o‘qituvchilari ishtirokida ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari uchun “To‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Dars mashg‘ulotiga Respublikaning barcha tergov bo‘linmalaridan sohaga maʼsul bo‘lgan xodimlar jalb etilgan.

Tergovchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, muloqot davomida muammoli masalalar atroflicha muhokama qilinib, xorijiy mutaxassislarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitilmoqda.

Dars mashg‘ulotlari davomida tergovchilar Turkiya Respublikasi tajribasi hamda halqaro amaliyotni o‘rganib, o‘zlarini bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirishmoqdalar.

O‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 14 fevral kuniga qadar belgilangan bo‘lib, hozirda davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech