O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hududiy tergov bo‘linmalari xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslar bo‘lib o‘tdi

Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarining malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yana-da oshirish maqsadida, joriy yilning 25 martdagi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning ko‘rinishlari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashtirilgan tergovchilarni tayyorlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi farmoyishiga asosan hududiy tergov bo‘linmalari xodimlari Tergov departamentida o‘quv kursiga jalb qilindi.

Unda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Transportda XTBB huzuridagi Tergov boshqarmalari va quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan jami 15 nafar xodimlar ishtirok etdi.

O‘quv jarayonlari davrida Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalarida ko‘p yillik mehnat faoliyati ega bo‘lgan xodimlar maʼruzalar bilan o‘quv kurslarida ishtirok etib, tergovchilarga o‘z bilimlarini ulashishdi.

Bundan tashqari kurslarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligidan ham masʼul xodimlar jalb etilib, diniy ekstremizm, terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda tergov organining boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorligi, ishda vujudga keladigan ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar yuzasidan fikr almashishdi.

O‘quv jarayonlari davrida tergov xodimlari belgilangan jadval asosida IIVning sohaviy xizmatlari va boshqa vazirlik va tashkilotlarga tashrif buyurib, amaliyotchi xodimlar bilan suhbatlashilib, bevosita ish jarayonlari vaqtida o‘z nazariy bilimlarini mustahkamlab, jinoyatlarni tergov qilish davrida dalil to‘plashga qaratilgan mavjud imkoniyatlar bilan tanishib chiqishdi.

Joriy yilning 1 aprel kuni o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanib, munosib ishtirok etgan tergov xodimlariga sertifikatlar topshirildi.

Muallif: Tergov departamenti Kadrlar bo‘linmasi

muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori

podpolkovnik S.R. Xudoyarov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech