Hududlarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, kriminogen vaziyatni yana-da barqarorlashtirish bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini baholash yuzasidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Tashrif chog‘ida polkovnik Ya.Abdulxakov O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 2-mintaqaviy hudud 6-son JIEM va 6-son Tergov hibsxonasida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ish faoliyati bilan tanishdi va masʼullarga tegishli ko‘rsatma, topshiriqlar berildi.