Zamonaviy tergovchi portfeli joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov hilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2898-sonli qarori talablari ijrosini ta’minlash, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfatlarini himoya qilish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, hodisa joyini sifatli ko‘zdan kechirish, turli izlarini va boshqa ashyoviy dalillarni aniqlash, olish, qayd qilish va saqlash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan namunaviy maxsus “tergovchi portfeli” joriy etildi.
Mazkur portfelda hodisa joyini sifatli ko‘zdan kechirish, turli izlarini va boshqa ashyoviy dalillarni aniqlash, olish, saqlash va hodisa joyi holatini tezkor qayd qilish uchun to‘liq qo‘laylik va imkoniyat beruvchi zamonaviy texnik-kriminalistik vositalar (zamonaviy foto- va videokamera, noutbuk va ovoz yozib olish), protsessual hujjatlar namunalari jamlangan, shuningdek unda xodisa joyida jinoyat natijasida tibbiy yordamga muhtoj jabrlanuvchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun aptechka mavjud.
Tergov departamenti va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar shunday maxsus tergochi portfeli bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti