Qo‘ng‘irot tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2021 yil 16 aprel kuni Qo‘ng‘irot tumani “Qipchoq” OFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi boshlig‘i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari S.Turmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari adliya maslahatchisi Q.Bekmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tuman barcha sektor rahbarlari tomonidan Qo‘ng‘irot tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida vazir o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning “ishga joylashtirishda amaliy yordam berish va yashash manziliga doimiy hisobga qo‘yish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu kuni, Qo‘ng‘irot tumani Turon MFY hududida joylashgan 10-sonli musiqa maktabida Qo‘ng‘irot yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “Mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga” bag‘ishlangan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallarda ishlarni “mahallabay” tashkil etib, “yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirganlariga amaliy yordamlar ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Uchrashuvda, yoshlarning murojaat va takliflari qabul qilinib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti