Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Shahrisabz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan "Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Maʼruzachilar nega giyohvand moddalarni isteʼmol qilmaslik kerakligi, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida gapirib berishdi. "Giyohvandlikka ruju qo‘ygan" tengdoshlarining taqdiri qanday kechgani haqida misollar keltirildi, giyohvandlik vositalarini sotish, saqlash yoki kontrabanda qilish uchun uzoq muddatga hukm qilingan shaxslar haqida so‘zlar berildi.
Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, savollar bilan murojaat qilishdi.