Xurmatli fuqarolar!
Аholi oʼrtasida koronavirus infektsiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 13 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida qoʼshimcha ravishda quyidagi karantin cheklovlari kiritilganligini eslatib oʼtamiz!
Joriy yilning 18-19 iyulь (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yoʼnalishsiz taksilarning harakati toʼliq toʼxtatilishi;
aholiga – “oʼzini oʼzi yakkalash” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda oʼz uylarida qolish;
davlat organlari va muassasalari, xoʼjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishlari uchun sharoit yaratilishi talab qilinishini inobatga olgan holda, mazkur talablarga rioya qilishingizni, bemaqsad uydan chiqmasligingizni, shu ikki kun vaqtni oilangiz davrasida uyda oʼtkazishingizni soʼraymiz. Pandemiyaga qarshi kurashishga toʼsqinlik qilmasligingizni va karantin talablariga rioya qilishingizni soʼraymiz, ushbu kassalikka qarshi koʼrashishni avvalom bor oʼzimizdan boshlaylik!
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti