O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston-Gruziya: o‘zaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

2019 yil 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A. Kurmanovning Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.Xvtisiashvili boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Uchrashuvda parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni ikki tomonlama darajada va parlamentlararo tuzilmalar doirasida yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Jumladan, 2018 yilning yanvar oyida Gruziya Parlamenti Raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi parlament delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdi.

Tomonlar O‘zbekiston parlamenti a’zolarining Gruziyaga tashrifini tashkil etish masalasini muhokama qildilar.

A.Xvtisiashvili mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayot va davlat qurilishining barcha sohalarida Prezident Sh. Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlarga yuksak baho berdi.

O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhim masalalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar doirasida, shu jumladan BMT va uning institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishning turli jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.

Text to speech