O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning Xorazm viloyatiga tashrifi

“25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov joriy yilning 24 oktyabr kuni Xorazm viloyati IIB tergov tizimlarida ko‘p yillar davomida namunali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan isteʼfodagi polkovnik Allamov Kasim hamda marhum polkovnik Xusinov Xasan Abdullayevichning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida faxriylar va ularning oila aʼzolari holidan xabar olinib, tergov tarixi, o‘tgan va hozirgi vaqtdagi ish tartibi, shuningdek, ularning ish faoliyati, mamlakatimizning ravnaqi uchun ko‘rsatgan chuqur fidoyiligi haqida suhbatlashildi.

Tergov departamenti tomonidan ustoz-shogird anʼanasiga alohida eʼtibor berilib, ichki ishlar faoliyatida faxriylarning bosib o‘tgan yo‘llari esga olinib, ularning ko‘rsatgan fidoyiligi va zahmatkashligi unutilmas zarhal harflar bilan qalblarga chuqur singdirilishi taʼkidlandi.

Suhbat yakunida, faxriylarga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan chop etilgan “Tergov xizmati faxriylari” kitobi hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech