O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulxakov ishtirokida Namangan viloyati IIBning olti oylik faoliyati sarhisob qilindi

Muhokama yig‘ilish Namangan viloyati IIB Majlislar zalida o‘tkazilib, unda Boshqarma sohaviy xizmat xodimlari, Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB va tuman IIB boshliqlari, o‘rinbosarlari, tergov hamda tashkiliy bo‘linmasi boshliqlari, IIVning viloyat hududidagi tuzilmalari boshliqlari va shahar-tuman IIBning qolgan barcha shaxsiy tarkibi videokonferensiya tizimi orqali tuman studiyalaridan ishtirok etishdi.

Dastlab, Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor-xizmat faoliyati natijalari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida maʼruza qildi.

Maʼruza yakunida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulxakov va Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevlar jinoyatlar salmog‘i oshgan shahar-tuman IIB hamda tegishliligi bo‘yicha soha xizmat rahbarlarini ish faoliyatlarini tahlil qilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini yetarli darajada tashkil etilmagan deb baholashdi.

Shuningdek, xodimlardan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, faoliyat davomida qonunlarga qatʼiy hamda og‘ishmay amal qilishlari, tamagirlik va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmay, yangicha dunyoqarash bilan xalq xizmatida bo‘lishlari, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy tartibda ko‘rib chiqishlari talab etildi.

Yig‘ilish so‘nggida berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarib, boshqa hamkasblariga namuna bo‘lgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech