O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan bir guruh tergov idoralari xodimlariga “polkovnik” maxsus unvonlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlarida qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun:

Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xodjimatov Oybek Gulomidinovichga;

Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari –Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ganiyev Elyorbek Ulugbekovichlarga

polkovnik maxsus unvoni berildi.

 

IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi Xodjimatov Oybek Gulomidinovichni hamda Ganiyev Elyorbek Ulugbekovichlarni maxsus unvonlari bilan chin yurakdan tabriklaydi va kelgusidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech