O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Amudaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2021 yil 04 mart kuni Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Amudaryo tumani IIBga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining ahvoli hamda tergov bo‘linmasining xizmat faoliyati o‘rganildi.
Jumladan, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan, IIVning 16.06.2020 yilgi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi 102-son Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.09.2020 yilgi 18/5456-sonli ko‘rsatma ijrosi bo‘yicha, tuman IIBda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Amudaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlarining xizmat xonalarida yaratilgan sharoitlar, tergov bo‘linmasi xodimlarining yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari, xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib chiqib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatining o‘rganilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti