O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatning Qarshi shahar, Qarshi, Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2021 yil 11 mart kuni Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyatning Qarshi shahar, Qarshi, Yakkabog‘ tumani IIBlariga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining ahvoli hamda tergov bo‘linmasining xizmat faoliyatini o‘rgandi.
Jumladan, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan, IIVning 16.06.2020 yilgi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.09.2020 yilgi ko‘rsatmasi ijrosi bo‘yicha, tuman IIBda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov idoralari xodimlarining xizmat xonalarida yaratilgan sharoitlar, tergov bo‘linmasi xodimlarining yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari, xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatining o‘rganilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti