O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Andijon viloyati aholisi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

2022 yil 26 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.

Qabul davomida, vazir o‘rinbosari tomonidan jami 23 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi Ichki ishlar idoralariga qayta ishga tiklash masalasi va 1 tasi ishga qabul qilish, 13 tasi qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 4 tasi ID karta, 2 tasi fuqarolik pasportini olish va 1 tasi boshqa masalalar.

Ushbu 23 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 9 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroga ID karta, 2 nafariga esa fuqarolik pasporti topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech