O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil qilingan Nukus shahrini Namunaviy xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha Shtab faoliyati o‘rganildi
2021 yilning 03 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yilning 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda tegishli tashkilotlarning hamkorlikda ishlashini tashkillashtirish va nazorat qilish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi, Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy Gvardiya boshqarmasi boshlig‘ining Qo‘shma qarori asosida tashkil qilingan “Nukus shahrini Namunaviy xavfsiz hududga aylantirish” bo‘yicha Shtab faoliyati o‘rganildi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Shtab faoliyati bilan tanishib, kelgusida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘zining fikr va maslahatlarini berib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti