O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimidagi bo‘limlarining xizmat faoliyatini o‘rgandi

2021 yilning 16 mart kuni, vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan IIVning 16.06.2020 yilgi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.09.2020 yilgi ko‘rsatmasi ijrosi bo‘yicha,  Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimidagi tergov bo‘linmalari, yaʼni Guliston shahar, Sirdaryo, Guliston, Yangiyer va Xovos tumanlari IIBlarida yaratilgan sharoitlar, tergov bo‘linmasi xodimlarining yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari, xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatining o‘rganilishi davom etmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech