O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev raisligida Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikni jilovlash va oldini olish borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2021 yilning 16 mart kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev raisligida Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikni jilovlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoliga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2018 yildagi PF-5566-sonli va 10.08.2020 yildagi PF 6041-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda “Elektron jinoiy huquqiy statistika” YAAT va E-material elektron tizmi bilan ishlash, shuningdek, ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatining o‘rganilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech