O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi namunali xodimlarining ota-onalariga yuborgan “Tashakkurnoma”si topshirildi
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi quyi tizimlarida xizmat qilayotgan va faoliyati davomida berilgan topshiriqlarni ijrosini sidqidildan o‘z vaqtida bajarib, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishda, ijobiy ish ko‘rsatkichlari bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan kapitan Akbarov Xaydarjon Latipjonovich, kapitan Soliyev Mirjalol Mahammadjon o‘g‘li, katta leytenant Xaydarov Ilyosbek Paxlavonjon o‘g‘li va leytenant Ibragimov Muzaffar Faroxiddin o‘g‘lilarining ota va onalariga Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning “Tashakkurnoma”si topshirildi.
Xodimlarning ota va onalariga Tergov departamenti rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ijobiy ishlar va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, sohada amalga oshiraliyotgan islohotlarning mazmun mohiyati yana bir bor tushuntirib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti