O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi namunali xodimlarining ota-onalariga yuborgan “Tashakkurnoma”si topshirildi

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov organlarida xizmat qilib kelayotgan va faoliyati davomida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishda shaxsiy tarkib o‘rtasida o‘rnak bo‘lib kelayotgan Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta surishtiruvchisi katta leytenant Raxmatov Bobur Anvarjon o‘g‘li va Qiziltepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi Abdurasulov Oqil Odiljon o‘g‘lilarning ota-onalariga Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ya.A.Abdulxaqovning “Tashakkurnoma”si topshirildi.

Xodimlarning ota va onalariga Tergov departamenti rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ijobiy ishlar va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati yana bir bor tushuntirildi.

 

O‘zbekiston Respblikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech