O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 25 sentyabr kuni polkovnik Ya.Abdulxakov Navoiy viloyatining Navoiy shahar va Navbahor tumani IIBlariga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning barcha o‘rinbosarlari hamda hududiy prokurorlar bilan uchrashib, IIBda tashkil etilgan so‘rovxonalar va navbatchilik qismlari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tergov bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardorligi o‘rganildi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish hamda tergov sifatini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, jinoyatchilik darajasi og‘ir hudud sanalgan mahallalar, jumladan, Navoiy shahridagi “Yangiobod” va “Taraqqiyot” mahallalari hamda Navbahor tumanidagi “Navkar” mahallasiga tashrif buyurib, MFY faollari bilan uchrashdi va u yerda jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart sharoitlarni o‘rganib, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan rahbarlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxaqov Navoiy shahridagi 1-sonli ichki ishlar bo‘linmasiga borib, u yerda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha yaratilgan Navoiy tajribasi bilan tanishib, bu borada tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Viloyat IIB va prokuratura organlari rahbarlari bilan birga Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlarining tungi yo‘riqnomasida ishtirok etib, masʼullarga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tdi.

“Xavfsiz tun” tadbirini o‘rganish davomida, tergov-tezkor guruhi va yong‘in xavfsizligi xizmatlari chaqirilib, ularning tezkor va shaylik darajasi o‘rganib, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan rahbarlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.   

Polkovnik Ya.Abdulxakovning Navoiy viloyatidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech