O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan Surxondaryo viloyati aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 17 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlari fuqarolari uchun Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.

Qabul davomida, Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, aksariyati ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech