O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Qulbekov Oybek Tursinaliyevich tomonidan “Tergovchiga qo‘yilgan talablar” mavzusida master klass o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘quv mashg‘uloti davomida, polkovnik O.T.Qulbekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 31 oktybrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-874-son Qonuni mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, O.T.Kulbekov o‘z nutqida mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirilganligi, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish natijalariga ko‘ra fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, mediatsiya, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi, adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirilganligi haqida maʼlumot berdi.
Master klass mashg‘ulotlari yakuniga ko‘ra, kursantlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishib, fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti