O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xodimlari sud va advokatura xodimlari bilan jinoyatlarni tergov qilishda vujudga kelayotgan muammolarni muhokama qilishdi

14.11.2020 yilda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik O.T.Qulbekov tomonidan tasdiqlangan o‘quv-seminarlar rejasiga muvofiq, Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi maʼsulligida “Surishtiruv va  tergov harakatlarini olib borishda dalillar maqbulligiga rioya etish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari taqdimnomalari sabablari” mavzusida tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari videokonferensaloqa tizimiga ulangan holda ishtirok etishdi.

Shuningdek, mazkur o‘quv-seminarda, jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Xonobod shahar sudining raisi Mirzaabdullayev Umarjon To‘lqinjonovich;

Andijon viloyat prokuraturasi jinoyat ishlarini sudda ko‘rilishida prokuror vakolatini taʼminlash bo‘limi boshlig‘i Shodmonov Zafarbek Numonovich;

Andijon viloyat “Verdikt himoya” advokatlik firmasi advokati Umarov Farxodjonlar ishtirok etishdi.

Maʼruzachi sifatida Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i mayor Qodirov Muzaffar Abdumutalibovich so‘zga chiqib, mavzuni to‘la yoritib berdi.

Mavzu yuzasidan hududiy studiyalardan qatnashgan tergov bo‘linmalari xodimlarining savollariga M.Qodirov hamda mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘quv mashg‘uloti bahs munozaralarga boy, qizg‘in, savol-javob shaklida o‘tdi, joylardagi tergovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech