O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2021 yil 12 oyi yakunlari sarhisob qilindi

Kuni kecha, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha videokonferensaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

So‘z avvalida vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov lavozimga tayinlangan va unvon olgan xodimlarni shaxsiy tarkibga tanishtirib, ularning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilash bilan boshladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-105-son qarorining mazmun mohiyatini shaxsiy tarkibga tushuntirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘zni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov davom ettirib, 2021 yilda tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etishda qator ijobiy natijalar yuzasidan maʼlumot berib o‘tdi.

Jumladan, 2021 yilda 5 nafar xodimlarga davlat mukofotlari, 8 nafariga muddatidan oldin maxsus unvon berilganligini, tergov bo‘linmalari 1.242 dona mebel jihozlari, 145 dona zamonaviy rusumdagi kompyuter, 180 dona noutbuk, 30 dona televizor, 143 dona rangli va zamonaviy printerlar hamda boshqa zaruriy texnik vositalar bilan taʼminlanganligi, yuqoridagi ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishda tizimda xizmat qilayotgan har bir rahbar va xodimning hissasi borligini maʼlum qilib, yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Muallif: Tergov departamenti Kadrlar bo‘linmasi

muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori

podpolkovnik S.R. Xudoyarov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech