O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2021 yil 4 oyi yakunlari sarhisob qilindi
2021 yil 17 may kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan 2021 yil 4 oyi yakunlari bo‘yicha videokonferensaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda tergov bo‘linmalari tomonidan erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, 2021 yil 6 oyi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi, qo‘yilgan vazifalarni og‘ishmay bajarish uchun tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilishi ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunidagi tergov bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlar tomonidan “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratishi kerakligi taʼkidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti