O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2023 yil 4 oyi yakunlari sarhisob qilindi
Kuni kecha, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda 2023 yilning to‘rt oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.
Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti