O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2023 yil 7 oyi va 20 kun yakunlari sarhisob qilindi

Kuni kecha, Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov raisligida videokonferensaloqa tizimi orqali vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2023 yil 7 oyi va 20 kunda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasi bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish raisi  B.O.Jalolov tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash hamda tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga manzilli topshiriq va aniq vazifalarni belgilab berdi.

Yig‘ilish so‘ngida muhokama va tahlillar natijalaridan kelib chiqib, mutasaddi rahbarlarga oldinda turgan eng muhim va ustuvor vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Muallif: Tergov departamenti Kadrlar bulinmasi

MTB inspektori mayor G.K. Nabiyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech