O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2023 yil 8 oyi ish yakunlari va sentyabr oyining 10 kunida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Kuni kecha, Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O. Jalolov raisligida Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari va tergov sifatiga alohida to‘xtalib, o‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.
Yig‘ilish yakunida polkovnik B.O. Jalolov tomonidan xizmat intizomini mustahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish, tergov sifatini oshirish hamda 3-chorakni ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlash yuzasidan viloyatlar tergov boshqarmalari boshliqlariga topshiriqlar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti