O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida navbatdagi o‘quv seminar

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan plastik kartochkalar, elektron hamyonlar hamda kriptovalyutalarni o‘g‘irlik va firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari taqdimnomalari sabablari” mavzusida viloyatlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Ochilov Ulug‘bek Saydirasulovich, Aksiyadorlik Jamiyati “Milliy bank” Toshkent viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Ro‘zmatov Nuriddin Zabixulla o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Yusupov Ilyos Xojiakbarovich, Moliya instituti kredit iqtisod fakulteti dotsenti Davirova Shaxlo Shukurullayevna va Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Baymuratov Nurislam Vaxidjon o‘g‘lilar videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etdilar. Tadbir davomida Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi O‘MIB tergovchisi podpolkovnik Dustov Shuxrat Abduvaitovich o‘quv mashg‘ulotida maʼruzachi sifatida ishtirok etdi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.  

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech